
Futzal. O‘zbekiston - Rossiya: Rossiya yana hisobda oldinga chiqib oldi! (matnli translyatsiya)
Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari. Birozdan so‘ng O‘zbekiston futzal terma jamoasi jahon chempionatining ikkinchi turidan o‘rin olgan Rossiyaga qarshi o‘yini boshlanadi. Bahsni saytimiz orqali matnli translyatsiya qilib boramiz.
O‘zbekiston - Rossiya 2:4
1. Afsuski, ketma-ket ikkinchi o‘yinda mag‘lub bo‘ldik.
2. Rossiya termasi bosini oshirmoqda.
4. Ropievning jamoadoshiga uzatgan to‘pi biroz kuchli chiqdi
5. GOL! Niyazov yana o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
5. GOL! Artyom Niyazov Rossiya terma jamoasini yana hisobda oldinga olib chiqdi.
6. Ravshan Eliboevga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
6. Rahmatov fol ishlatdi.
7. Romulaning zarbasini Eliboev qaytardi. Keyinchalik raqib futbolchisi yana zarba berdi. Bu safar ham Eliboev!
9. Hujumga o‘tib ketayotgan Ropiev to‘xtatildi.
10. Abramovich ogohlantirildi.
12. GOOOOOOOOOOOOOOL! Mashrabjon Akbar Usmanovning uning zarbasini darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi. Hisob tenglashdi do‘stlar!
12. Ravshan Eliboev zarba yo‘lini ko‘rmasdan turib to‘pni qaytardi. Bo‘larkan-ku bizning darvozabonlar ham seyv qilsa!
14. Ropievr Rossiya termasining hujumini markazda buzdi. Keyinchalik xavfli vaziyat bo‘lishi mumkin edi, biroq Asadov zarba bera olmadi.
16. Eliboev jamoamizni muqarrar goldan qutqardi.
17. Usmonovning zarbasi raqib futbolchisiga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Burchak to‘pidan esa foydalana olmadik
19. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Davron Choriev super gol urib hisobni qisqartirdi. Uning zarbasini darvoza to‘siniga tegib kirib ketdi. Olg‘a yigitlar!
20. Ikkinchi taym boshlandi!
0. Birinchi taym yakunlandi. Termamiz hozircha mag‘lub bo‘lmoqda.
1. Davron Choriev yana bir imkoniyatni yo‘qqa chiqardi. Keyichanli u raqib futbolchisini yiqitdi.
2. Rossiya terma jamoasining chiroyli hujumini Eliboev buzdi. Qoyil Ravshan!
4. Termamiz oldinga o‘tmoqda, biroq raqib futbolchilari umuman imkon bermayapti
6. VAAY! Choriev birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. Darvozabon qaytardi
7. O‘zbekiston terma jamoasi taym-aut oldi.
8. Anasxon Rahmatovning zarbasini darvozabon ushlab oldi
9. GOL! Burchak zarbasidan so‘ng Niyazov oradagi farqni yana bittaga oshirdi
9. Hujumchni to‘xtatib qolganligi uchun Choriev ogohlantirildi
10. GOL! Robino uchrashuvda hisobni ochdi. Rahmatovni ortda qoldirgan futbolchi darvozabonning oyoqlari orasidan to‘pni darvozaga joyladi
11. Usmanovning uzatmasi noaniq chiqdi. Rahmatov uni tushunmay qoldi.
12. Afanasevning bu safarga zarbasini ham Ravshan Eliboev qaytardi. Termamiz himoyalanmoqda
13. Afanasevning uzoqdan yo‘llagan kuchli zarbasi noaniq chiqdi.
14. Abramovning zarbasini darvozaboni qaytardi. Ajoyib seyv!
14. Havodan uzatilgan to‘pni Eliboe egallab oldi.
15. Akbar Usmanovga nisbatan Abramov qoida buzdi.
16. Terma jamoamiz futbolchisi qo‘pollik ishlatdi.
17. Choriev jamoamizning tezkor qarshi hujumi davom ettira olmadi.
18. Eliboev darvozasi tomon Chishkala ikki bor zarba yo‘lladi. Har ikkisi noaniq.
19. Ilk soniyalardan raqiblarimiz faolroq ko‘rinmoqda.
20. Uchrashuv boshlandi!
0. Bugungi o‘yin qahramonlari parketga tushib keldi. Milliy madhiyalar yangradi!
Fikrlar