
Futzal. O‘zbekiston Tojikiston bilan durang o‘ynadi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘rtoqlik o‘yini doirasida maydonga tushdi. Unda vakillarimiz yana qo‘shni Tojikiston terma jamoasi bilan o‘ynab, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Hamyurtlarimizdan gollarga Husniddin Nishonov va Dilshod Rahmatov mualliflik qildi. Mehmonlar safida ikki gol ham Abduqayum Umarov hisobiga qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, 17 iyul kuni xuddi shu jamoalar ishtirokida yana bir o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar