
Gakpo: "Manchester Yunayted”dan taklif kelsa, o‘ylab ko‘raman"
Kodi Gakpo o‘tgan yozda “Manchester Yunayted”ga o‘tishga yaqin edi. Futbolchining o‘zi ham ushbu transferning amalga oshishini istardi. Ammo yakunda klub uni sotib olmadi. Niderlandiyalik vinger ushbu vaziyatga to‘xtalib o‘tdi.
“Bu og‘ir davr edi. Men bundan xulosa chiqardim. Tasavvur qiling, siz boshqa klubga o‘tmoqchisiz, lekin u jamoa siz bilan muzokara o‘tkazmayapti. Keyin siz vahimaga tushishni boshlaysiz. Men “Manchester Yunayted”ga o‘tishni istagandim. Ammo bu sodir bo‘lmadi va men shubhalana boshladim. Keyin “Lids” keldi. Men ushbu klubga o‘tishim kerakmidi? Endi kutaman. Agar “qizil iblislar”dan taklif kelsa, o‘ylab ko‘raman”, – dedi 23 yoshli futbolchi.
Gakpo jahon chempionatida ham o‘zini ko‘rsatmoqda, u 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 bora raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. Niderlandiyani chorak finalda Argentinaga qarshi uchrashuv kutmoqda.
Fikrlar