
"Galatasaroy" "Arsenal" yarim himoyachisini o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi
Qishki transferlar oynasida "Galatasaroy" nafaqat yangi xaridlarni amalga oshirmoqchi, balki tarkibdagi kerakmas futbolchilar bilan xayrlashishni ham rejalashtirib qo‘ygan.
"Fanatik" nashri xabar berishicha, Istanbul jamoasi Tangi Ndombele bilan shartnomani bekor qilmoqchi. Uning o‘rnini to‘ldirish maqsadida rahbariyat "Arsenal"dan Jorjinoni olib kelishga harakat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik yarim himoyachi mavsum boshida "Galatasaroy"ga ijara asosida kelib qo‘shilgan. U Turkiya jamoasi safida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Jorjinoning "kanonirlar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan.
Fikrlar