Gandbolchi qizlarimiz jahon cheipionatiga jo‘nab ketdi

  • 18 iyun, 2024, 18:13
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Joriy yilning 19-30 iyun kunlari Shimoliy Makedoniya gandbol bo‘yicha U20 yosh toifasidagi qizlar o‘rtasida tashkil etiladigan jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi ham 5 qit’aning eng kuchli 32 jamoasi orasida ishtirok etadi.

Tecno

Bugun mazkur dunyo birinchiligida qatnashadigan jamoamiz Skope shahriga yo‘l oldi. Eslatib o‘tamiz, jamoamiz 28 fevral – 3-mart kunlari Toshkentda o‘tgan "IHF Trophy" turnirida g‘alaba qozonib, jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. "G" kvartetidan joy olgan qizlarimizning guruh bosqichidagi taqvimi quyidagicha:

1-tur: Chernogoriya – O‘zbekiston (19 iyun)
2-tur: O‘zbekiston – Portugaliya (21 iyun)
3-tur: Gvineya – O‘zbekiston (22 iyun)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!