
G‘aniev "Shabab Al-Ahli" bilan BAA Superkubogida zafar quchdi
Hozirgina Birlashgan Arab Amirliklari Superkubogi doirasidagi "Sharja" - "Shabab Al-Ahli" bahsi o‘z yakuniga etdi. Murosasiz kechgan bellashuv taqdiri yagona gol evaziga nominal mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi.
Uchrashuvning asosiy vaqtiga hakam tomonidan qo‘shib berilgan so‘nggi daqiqalar o‘tib borayotgan bir paytda, Marzuq "Sharja" postiga yo‘l topib, jamoasiga g‘alaba taqdim etdi.
Shukurov va G‘aniev ushbu bellashuvda to‘liq maydonda harakat qildi.
Fikrlar