
G‘aniev va Shukurov jamoalari Qirol kubogida chorak final bahslariga kirishadi
Bugun BAA Qiroli kubogida chorak final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqich doirasida yurtdoshlarimiz to‘p surayotgan "Shabab Al Ahli" va "Sharja" jamoalari yarim final yo‘llanmasi uchun maydonga tushadi.
Aziz G‘aniev faoliyat yuritayotgan "Shabab Al-Ahli" jamoasi Toshkent vaqti bilan 18:00 da "Xaur-Fakkan" jamoasi bilan kurashga kirishadi.
Otabek Shukurovning "Sharja" klubi esa, ertaga o‘z maydonida "Al-Vasl"ni qabul qiladi. Uchrashuv 21:00 da start oladi.
Fikrlar