
Garbin Mugurusa "RG"ning ikkinchi davrasiga yo‘l oldi
Frantsiyaning Parij shahrida "Rolan Garros" musobaqasining asosiy to‘r birinchi davra bahslari keskin va murosasiz o‘tmoqda.
Sovrin jamg‘armasi 42,661,000 evro bo‘lgan mazkur turnirda ispaniyalik Garbin Mugurusa amerikalik Teylor Taunsendni uch setda, – 5:7, 6:2, 6:2 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa Mugurusa Frantsiya ochiq chempionatining ikkinchi davrasida shvetsiyalik Yoxanna Larssonni sinovdan o‘tkazadigan bo‘ldi.
Fikrlar