Garbin Mugurusa uchun qora kunlar boshlandi

Avstraliyada “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “ Australian Open – 2018” turnirining yakkalik bahslari qizg‘in pallaga kirgan.

Ikkinchi davraning polshalik Agneshka Radvanska hamda ukrainalik Lesya Tsurenko o‘rtasidagi uchrashuvda 2:6, 7:5, 6:3 hisobi qayd etildi. Ispaniyalik Garbin Mugurusa va tayvanlik Se Su-Vey bahsida kutilmaganda Se tajribali raqibini 6:7, 4:6 hisobida engdi.

Shu tariqa, muxlislar uchinchi davrada Se Su-Vey va Agneshka Radvanska o‘rtasidagi bahsga guvoh bo‘ladilar.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!