Garbin Mugurusa yana jarohat oldi
Ispaniyalik tennischi Garbin Mugurusa «WTA Sydney International – 2018» turnirining chorak finalida o‘ynamaydi.
Avval xabar berganimizdek, Garbin Mugurusa gollandiyalik Kiki Bertensni ikkinchi davrada mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalda mezbon tennischi Dariya Gavrilovaga qarshi bahs olib borishi kerak edi.
Biroq Garbin ikkinchi davradagi uchrashuvdan so‘ng, sondagi mushaklar og‘rig‘idan shikoyat qilgan va shifokorlar unga jarohat olganini aytib o‘tgan. Shu sababli Garbin musobaqadagi ishtirokini to‘xtatgan.

Fikrlar