Gari Nevill: “Hattoki yomon mavsumda ham "Manchester Yunayted" sovrin yutish imkoniyatiga ega”

  • 10 may, 17:03
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sobiq himoyachi Gari Nevill “Manchester Yunayted”ning muvaffaqiyat qozonish qobiliyati haqida shunday dedi:

Tecno

– “Manchester Yunayted” hattoki qiyin va yomon paytlarda ham – bu mavsum, rostdan ham, juda yomon o‘tdi – sovrin yuta olish imkoniyatiga ega. Bu bir futbol klubi uchun yomon odat emas.

– Ular hanuz finallarga chiqishmoqda va muvaffaqiyatga erishmoqda, garchi APLdagi o‘yinlari haqiqatdan ham dahshatli bo‘lgan bo‘lsa ham, - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi sobiq futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Ruben Amorim boshchiligidagi "qizil iblislar" Evropa ligasining yarim finalida "Atletik"ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 7:1 hisobida muvaffaqiyatga erishib, finalga yo‘l oldi. Hal qiluvchi bellashuvda esa "Tottenxem"ga qarshi to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!