Gari Nevill JCh-2026 g‘olibini bashorat qildi
«Manchester Yunayted» klubi va Angliya terma jamoasining afsonaviy sobiq himoyachisi Gari Nevill 2026 yildgi jahon chempionatida qaysi terma jamoa g‘olib chiqishi haqida o‘z taxminlarini bildirdi.
— Menimcha, jahon chempioni Frantsiya bo‘ladi. Bu terma jamoada to‘p nazoratini ushlab turish uchun zarur bo‘lgan jismoniy, ruhiy va texnik jihatdan yetuk futbolchilar to‘plangan. Ular keskin qarshi hujumga chiqishni ham juda yaxshi biladi. Frantsiya boshqa jamoalarga nisbatan tezroq moslasha oladi, shu bois men aynan shu terma jamoa jahon chempioni bo‘lishini kutayapman. Albatta, men har doim Angliya terma jamoasiga ishonaman, bizda g‘alaba qozonish imkoniyati borligini ta’kidlab kelaman. Hozirgi tarkib jahon va Yevropa chempionatlarida titulga qay darajada yaqinlasha olishini ko‘rsatib bo‘ldi. Lekin bu safar ichki his-tuyg‘ularim biz uchun yo‘l unchalik oson bo‘lmasligini aytayapti, — deya fikr bildirgan Nevill.
Mutaxassislar ham 2026 yildgi jahon chempionatidagi asosiy da’vogarlardan biri sifatida Frantsiya terma jamoasini tilga olishmoqda. Shuningdek, Ispaniya terma jamoasi ham bosh favoritlar qatoridan o‘rin olgan.

Fikrlar