Garsiya "Barselona" bilan shartnomasini uzaytiradi
"Barselona" Erik Garsiya bilan shartnomani uzaytirish bo‘ycha ishlamoqda. Rahbariyat himoyachi bilan deyarli kelishuvga erishib bo‘lgan, kelasi haftada buni e’lon qilinishi kutilmoqda.
Fabritsio Romanoga ko‘ra, yangi bitim 5 yillik bo‘ladi. PSJ yaqindagina holatni o‘rganmoqchi bo‘ldi, lekin Garsiya "Barselona"da qolishni tanlab bo‘lgandi. Shuningdek, o‘tgan mavsumda "Barselona" futbolchi bo‘yicha "Komo" bilan 8-9 million evrolik kelishuvga erishib bo‘lgandi. Ammo Xans-Diter Flik so‘nggi daqiqalarda transferni barbod qilib, Erikni olib qolgandi.

Garsiyaning yangi shartnomaga qo‘l qo‘yishini Deku ham tasdiqladi: "Faqatgina so‘nggi detallar qoldi... Ammo Erik aniq yangi shartnoma imzolaydi".
24 yoshli ispaniyalik himoyachi 2021 yili "Manchester Siti"ni tark etib, erkin agent sifatida "Barselona" safiga kelib qo‘shilgandi. Shundan keyin u bir mavsumni "Jirona"da ham o‘tkazgan.

Fikrlar