
Genduzi ilk bor Frantsiya terma jamoasiga chaqirildi
"Arsenal" yarim himoyachisi Matteo Genduzi ilk bor Frantsiya terma jamoasidan chaqiruv oldi.
20 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted"ning jarohat olgan Pol Pogbaning o‘rniga terma jamoadan joy oldi.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya terma jamoasi Evro-2020 saralash bosqichidan o‘rin olgan 7 va 10 sentyabr kuni Albaniya va Andorra terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, APLning yangi boshlangan mavsumida Genduzi 4 ta uchrashuv o‘tkazdi va 1 ta assistentlik vazifasini bajardi.
Fikrlar