Gennadiy Golovkin Dervyanchekoni birinchi raundda nokaut qilmoqchi

  • 2 oktabr, 2019, 21:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘rta vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Gennadiy Golovkin birinchi raundda Sergey Derevyanchenkoni nokautga uchratishi mumkinligini aytdi.

Tecno

"Men sizga shanba kuni yangi uslubni ko‘rsatmoqchiman. Har doimgidek mening jangim dramatik shou tarzida o‘tadi. Agar u menga 1 va 2 -raundlarda imkoniyat berib qo‘ysa, unda jang tugaydi.

Derevyanchenkoni mag‘lub qilsam, katta janglar uchun yo‘l ochiladi. Men katta janglarni xohlayman. Agar, men bilan super o‘rta vazn toifasidagi mashhur nomlar jang qilmoqchi bo‘lsa, bunga tayyorman ”, - dedi Golovkin.

Golovkin - Derevyanchenko jangi 6 oktabrga o‘tar kechasi Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!