
Gennadiy Golovkinning navbatdagi jangi sanasi, manzil va raqibi aniq bo‘ldi
Professional boks olamida eng nomdor charm qo‘lqop ustalaridan biri hisoblangan qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin (41-1-1, 36KO) navbatdagi jangini 28 dekabr kuni yaponiyalik Ryota Murataga (16-2, 13KO) qarshi o‘tkazadi. Yaponiyaning Kobe shahrida o‘rta vazn toifasida bo‘lib o‘tadigan mazkur bahsga Golovkinga tegishli IBF va Murataning WBA jahon chempionlik kamari qo‘yiladi.
Ikkala tomon ham bu borada kelishuvga erishgan, faqatgina DAZNtasdig‘i kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, London Olimpiadasi yarim finalida Murata hamyurtimiz Abbos Atoevni mag‘lub etgan edi.
Fikrlar