Gennadiy Kochnev: "Ikkinchi goldan keyin jamoa sochilib ketdi"
«Dinamo»dan uchralgan yirik mag‘lubiyatdan keyin «G‘ijduvon» bosh murabbiyi Gennadiy Kochnev fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Hisob 0:1 bo‘lib turganda jamoa bor kuchini sarflab, qarshilik ko‘rsatayotgandi. Vaziyatlarga ega bo‘lgandik, ammo undan foydalana olmadik. O‘tgan o‘yinimizdagidek ikkinchi goldan keyin jamoa sochilib ketdi. «Dinamo» tajribali jamoa, ularni Superliga yo‘llanmasi bilan tabriklayman.
Muammolarimiz faqat o‘yinimiz bilan bog‘liq emas. Jamoada moliyaviy muammolar bor. O‘yinchilar oldidagi qarzdorlikni bartaraf etishimiz kerak, rahbariyat bu masalani hal qilishini kutyapmiz. Pro ligada qolish vazifasini bajardik, aslida yuqoriroq o‘rinlar uchun ham kurashish imkoniyati bor edi.
Keyingi o‘yinimiz Buxoroda «Qo‘qon-1912» jamoasi bilan. Ular pley-offda o‘ynashadi. Mavsumni yaxshiroq natija bilan yakunlashga intilamiz», - deydi Gennadiy Kochnev.
"Dinamo" matbuot xizmati.

Fikrlar