
Genri Sexudo MakGregor va Getji o‘rtasidagi jangda kim g‘olib bo‘lishini aytdi
UFC ning super engil vazn toifasidagi chempioni Genri Sexudo ikki dvizion sobiq chempioni Konor MakGregor va Jastin Getji o‘rtasidagi bo‘lajak jang borasida o‘z taxminini bildirdi.
"Konor, sen zarba berish usullariga emas, "teykdaun"ga qarshi mudofaa ustida ishlashing kerak.
Jastin Getji seni birinchi raundda mag‘lub etadi, mushukcha ”,- dedi Sexudo.
Ma’lumot uchun, irlandiyalik Konor MakGregor navbatdagi jangini Jastin Getjiga qarshi o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Fikrlar