
Genri Sexudo: "Merab Dvalishvili O'Mellini mag‘lub etadi, lekin unga yutqazadi”
Ikki karra sobiq UFC chempioni Genri Sexudo 33 yoshli Merab Dvalishvilining kelajagi haqida o‘z prognozlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Mening prognozlarim shunday – Merab Dvalishvili Las-Vegasda Shon O'Mellini engadi. Ammo keyin Umar Nurmagomedov chempionlik uchun oktagonga tushadi va Merab ustidan g‘alaba qozonadi", - deya Sexudo so‘zlarini keltirdi MMAJunkie.
Eslatib o‘tamiz, Shon O'Melli(18-1-1 N/C) va Merab Dvalishvili(17-4) "UFC 306" turnirida jang qiladi.
Fikrlar