
Genrixning "bo‘riga" aylanishiga "Arsenal" to‘sqinlik qilmoqda
"Roma" klubi armanistonlik yarim himoyachi Genrix Mxitaryanning transferi bo‘yicha hamon "Arsenal" bilan til topisha olmayapti.
Daily Express nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “bo‘rilar” 31 yoshli futbolchining transferini sotib olish bo‘yicha “kanonirlar”ga 2 marta murojaat qilishgan. Ammo, ularning ikkala taklifi ham londonliklar tomonidan rad etilgan.
“Roma” Mxitaryan uchun “Arsenal”ga qancha pul taklif qilgani hozircha oshkor qilinmayapti. Lekin, APL klubi Genrixni 25 mln evroga sotmoqchi ekani aniq.
Mxitaryan joriy mavsumni “Roma” safida ijarada o‘tkazmoqda. U hozircha 17 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar