Germaniya kubogi. "Union" 4 ta gol urgan bo‘lsa ham "Bavariya"ga yutqazdi
Vensan Kompani boshchiligidagi "Bavariya" Germaniya kubogining pley-off bosqichida "Union" bilan to‘qnash kelib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Eng qizig‘i shundaki, "Union" klubi 4 ta gol urdi, 2 tasi avtogol.
Uchrashuvning 12-daqiqasida Ilyas Ansa birinchi avtogol muallifi bo‘ldi. Oradan 12 daqiqa o‘tib Xarri Keyn jamoasining ikkinchiga goliga mualliflik qildi. Birinchi bo‘limning 45+4-daqiqasida Diogu Leyte ikkinchi avtogolga sababchi bo‘ldi. 40 hamda 55-daqiqalarda Leopold Kverfeld ikki bor 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, Noyer darvozasini ishg‘ol qildi va hisobni qisqartirdi.
Fikrlar