Germaniya terma jamoasi va "Bavariya" klubi sobiq hujumchisi 32 yoshida faoliyatini yakunladi

  • 2 avgust, 2020, 20:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” klubi sobiq hujumchisi Sandro Vagner faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

“Futbol menga ajoyib hayot taqdim etganidan mamnunman. Mening barcha orzularim amalga oshdi, men o‘z maqsadlarimga erishdim. Ayniqsa, Germaniya terma jamoasi safida maydonga tushish nasib qilganidan faxrlanaman”, - deydi 32 yoshli futbolchi.

Ma’lumot uchun, Vagner faoliyati davomida “Bavariya”, “Verder”, “Gerta” va “Xoffenxaym” kabi jamoalarda to‘p surgan. Uning so‘nggi jamoasi esa Xitoyning “Tyantszin Teda” klubi bo‘ldi. U bu jamoada 26 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!