Germaniyadagi himoyachi ikki chempion o‘rtasida qattiq talash bo‘lyapti
Ikki chempion – Angliya Premier-ligasi gʻolibi “Arsenal” va Bundesligada zafar quchgan “Bavariya” klublari Frankfurtning “Ayntraxt” jamoasi hamda Germaniya terma jamoasi himoyachisi Nataniyel Braunga qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Ekrem Konur maʼlumotiga koʻra, klublar oʻrtasida futbolchi uchun jiddiy raqobat boshlangan.
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsman Braunni jahon chempionati uchun tarkibga kiritganidan keyin unga boʻlgan qiziqish yanada oshgan.
Har ikki klub futbolchi uchun asosiy daʼvogar hisoblanmoqda. “Ayntraxt” esa uning ketishi muqarrarligini tushunib turibdi. Shu bilan birga, klub futbolchini 80 million evrodan kam mablagʻga sotmasligini maʼlum qilgan.
Joriy mavsumda Braun “Ayntraxt” safida 42 ta oʻyinda qatnashib, 4 ta gol va 6 ta assist qayd etdi. Transfermarkt uning qiymatini 40 million evro, deb baholagan.

Fikrlar