Germaniyalik futbolchi tog‘da halok bo‘ldi

  • 24.12.2025 17:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

- “Ertsgebirge” o‘zining sobiq o‘yinchisi Sebastyan Xertnerning vafoti munosabati bilan chuqur qayg‘uda va uning oilasi hamda yaqinlariga o‘z hamdardligini bildiradi, - deyiladi klub bayonotida.

Germaniya futbolida noxush xabar tarqaldi. “Ertsgebirge” klubining sobiq himoyachisi Sebastyan Xertner 34 yoshida vafot etdi. Bu haqda mazkur klub matbuot xizmati xabar berdi.

Nufuzli manba – Bild nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, fojia Chernogoriyadagi Savin-Kuk tog‘-chang‘i kurortida yuz bergan. Sportchi osma yo‘l orqali tepaga ko‘tarilayotganda 70 metr balandlikdan yiqilib tushgan.

Xertner futbolchilik davrida “Ertsgebirge” safida 105 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol va oltita golli uzatma muallifi bo‘lgan. Shuningdek, germaniyalik futbolchi “Shtutgart II” jamoasida ham to‘p surgan va u erda 65 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta to‘p kiritgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!