Gexi yozda "Kristal Peles"ni tark etishga qaror qildi

  • 18.10.2025 14:01
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Bormunt"ga qarshi uchrashuv oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida "Kristal Pelas" klubi bosh murabbiyi Oliver Glasner Mark Gexini yozda jamoadan ketishini ma’lum qildi.

"Mark bizga yangi shartnoma imzolamasligini allaqachon aytgan. U kelasi yil ketadi. Lekin klub uning qolishini xohlagan edi. Gexiga yangi shartnoma taklif qilingandi. Biroq, Mark men boshqa narsani istayman dedi", - deya ta’kidladi avstriyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, angliyalik himoyachini klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakunida etadi. Ortda qolgan yozgi transferlar oynasida "Kristal Peles"  25 yoshli futbolchini sotmoqchi emasligini ma’lum qilib, "Liverpul"ga qo‘yib yubormagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!