
GGG qaytmoqda! Gennadiy Golovkinning navbatdagi jangi sanasi, manzili va raqibi rasman e’lon qilindi
Professional boks olamida eng nomdor charm qo‘lqop ustalaridan biri hisoblangan qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin (41-1-1, 36KO) navbatdagi jangini 29 dekabr kuni yaponiyalik Ryota Murataga (16-2, 13KO) qarshi o‘tkazadi. Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan mazkur bahsga o‘rta vazn toifasida Golovkinga tegishli IBF va Murataning WBA jahon chempionlik kamari qo‘yiladi.
London Olimpiadasi yarim finalida Murata hamyurtimiz Abbos Atoevni mag‘lub etgan edi.
Fikrlar