
Goal nashri Saudiyaning O‘zbekiston ustidan qozonilgan g‘alabasini yodga oldi. Videoni 2,5 mln odam tomosha qilgan
Bugun Osiyoda jahon chempionati saralash bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar davom ettiriladi.
Milliy terma jamoamiz joylashgan "D" guruhida bitta o‘yin o‘tkaziladi. Asosiy raqibimiz hisoblangan Saudiya Arabistoni o‘z maydonida Falastinni qabul qiladi. Bellashuv oldidan Saudiya Arabistonining "Goal" nashri tvitterdagi sahifasida jamoaning O‘zbekistonga qarshi Toshkentdagi oxirgi bellashuvdagi kambekni yodga oldi va bugun ham shunday gol hamda g‘alabaga umid qilmoqda. Ushbu uchrashuv "Goal" nashri tvitterdagi sahifasida 2,5 milliondan ortiq muxlis tomosha qilgan.
Iroq terma jamoasi Toshkentda ilk bor shunday natijaga erishdi
O‘zbekiston MTJ Iroqqa nega yutqazdi? Asosiy muammolarimiz nimalarda ko‘rinmoqda?
Ma’lumot uchun, Vadim Abramov shogirdlari bugungi bahsga qadar 5 o‘yin o‘tkazgan holda, 1-o‘rinni egallab turibdi. Hisobimizda 9 ochko mavjud. Ikkinchi pog‘onada joylashgan Saudiya Arabistonida 8 ochko bor. Ular bugun 5-turni o‘tkazadi.
Fikrlar