
Goal.com sayti Jahon chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi sovriniga da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi
Unda avvalgi versiyadagidek, Argentina terma jamoasi va PSJ hujumchisi Lionel Messi peshqadamlik qilmoqda. Frantsiya futbolchisi Kilian Mbappe ikkinchi o‘rinda qoldi. Antuan Grizmann esa uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Kuchli o‘ntalik quyidagicha:
1. Lionel Messi (Argentina / "PSJ");
2. Kilian Mbappe (Frantsiya / PSJ);
3. Antuan Grizmann (Frantsiya / "Atletiko");
4. Dominik Livakovich (Xorvatiya / "Dinamo" Zagreb);
5. Ashraf Xakimi (Marokash / PSJ);
6. Brunu Fernandesh (Portugaliya / "Manchester Yunayted");
7. Sofyan Amrabat (Marokash / "Fiorentina");
8. Risharlison (Braziliya / "Tottenxem");
9. Kodi Gakpo (Niderlandiya / PSV);
10. Jud Bellingem (Angliya / "Borussiya" Dortmund").
Ma’lumot uchun, mazkur ro‘yxatda eng ko‘p nomzodlar Frantsiya chempionati vakillaridan tashkil topgan.
Fikrlar