G‘ofurov: "Chempionatda shunchaki qatnashmaymiz, bu oddiy klub emas"

  • 27 dekabr, 2022, 21:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Yakuniga etgan chempionatda tajribali Mirzohid G‘ofurov “Neftchi”ning Superligadagi barcha – 26 ta uchrashuvida to‘liq ishtirok etdi. U faqat ikki marta almashtirildi xolos. Qolgan barcha bahslarda boshidan oxirigacha o‘ynadi.

“Neftchi” ushbu etakchisini o‘zida saqlab qolishga erishdi. Shundan so‘ng Sports.uz muxbiri futbolchi bilan bog‘landi.

- “Neftchi”ning ilk yig‘inida ko‘rinish bermaganingiz turli gap-so‘zlarni keltirib chiqardi...

- “Neftchi”daman. Faqat engil jarohat borligi sababli murabbiylar dam berishdi. Davolanib oldim. 24 dekabr kuni jamoamizning birinchi yig‘ini tugadi. Xudo xohlasa, yanvar oyida boshlanadigan mashg‘ulotlarga qo‘shilaman. Shartnomam tugagandi, lekin yangisi bo‘yicha hammasini kelishib, hal qildik. Murabbiy chempionat tugamasidan oldin menga keyingi yilga ham ishonch bildiryapman, yana birga ishlab, hamkorlikni davom ettiraylik, deya taklif bilan chiqqan. Biz bir-birimizga 100 foiz ishonamiz.

mirzoxid

- Xizmatingizga boshqa klublardan takliflar ham bo‘ldi-a?

- Ha, bo‘ldi. “Neftchi”da bir yil o‘ynadim, uyimga yaqin joy. Jamoaga ko‘nikib ketganman. Bu oddiy klub emas. “Neftchi” – bu brend jamoa. Pro ligadan chiqqanidan keyin oldiga katta maqsadlar qo‘yilyapti. Ayniqsa, “Neftchi”ni oldingi mavqeiga qaytarish asosiy masala. Shu vazifa yo‘lida biz ham yordam bermoqchimiz. Ushbu sabablar tufayli yana “Neftchi”da qolishga qaror qildim.

- “Neftchi”da o‘tkazgan debyut mavsumingizda siz uchun qanday ijobiy va salbiy tomonlari sezildi?

- Birinchi davrada o‘xshamadi. Bu haqida ko‘p gapirildi, yana qaytarishimiz mumkinki, omadsizlik va jarohatlar o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Ikkinchi davrada vaziyat joyiga tushdi. Umumiy ma’noda, ijobiy deya olaman. Sharoitlar ham ko‘ngildagidek. Hamma biladiki, Farg‘ona viloyati hokimi sifatida futbolga juda qiziqadigan Xayrulla Bozorov ishlayapti. Shunday ekan, barcha narsa ko‘ngildagidek.

mirzoxid2

- “Neftchi” bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko sizni ko‘proq qaysi tomonlama hayron qoldiryapti?

- Hamma murabbiyni o‘yin uslublari bor. Ularni bir-biriga taqqoslash to‘g‘ri kelmaydi. Murabbiylar har xil bo‘ladi. Levchenko taktik tomonlama ham yaxshi mutaxassis. U bilan yaxshi ishladik. Klubga kelib, “Neftchi”ni olib qoldi va qaytanga yanada yaxshiroq natija ko‘rsatildi.

- Tarkibda o‘zgarishlar bo‘lyapti. Yangi o‘yinchilar bilan shartnomalar imzolanyapti, yana yangilari kelyapti. Bu kabi o‘zgarishlarga fikringiz qanday?

- Oldindan bir narsa deb bo‘lmaydi. Agar gapirmoqchi bo‘lsangiz har qancha gapiraverasiz. Muhimi, yaxshi holatda tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Selektsiya ham shunga yarasha davom etyapti. Kim qandayligi o‘yinlar mobaynida ko‘rinadi.

- “Neftchi”ga sovrinli o‘rinlar uchun kurashish vaqti keldimi?

- Potentsiali etadi. Lekin oldindan nima bo‘lishi yolg‘iz Allohga ayon. Biz bir nima deya olmaymiz. Ammo har safar maqsadni katta qilib, yaxshi niyat qilaverish kerak. Yuqori vazifalar bo‘lsa, shunga yarasha intilish ham bo‘laveradi. Shuning uchun maqsadimiz baland. Chempionatda shunchaki qatnashmaymiz.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!