Gol urmagan hujumchiga Evropaning ayrim etakchi klublari qiziqish bildirmoqda

  • 4 iyun, 14:23
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi hujumchisi hisoblangan Armando Broxa uchun talab kundan-kunga yuqorilab bormoqda. 
 
"The Sun" gazetasining ma’lumotlariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shishga Niderlandiyaning PSV va "Ayaks", Germaniyaning "RB Leyptsig" hamda "Milan" klublari qiziqish bildirmoqda. O‘tgan mavsumda Broxa "Everton"da ijara asosida to‘p surgan. Hujumchi 12 ta o‘yinda ishtirok etgan bo‘lsa-da, gol urishga muvaffaq bo‘lmagan. Armandoning "aristokratlar" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Transfermarkt portalining mutaxassislari futbolchining bozor qiymatini 12 million evroga baholamoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!