
Golovkin: Qozog‘iston IBA’dan chiqib, World Boxing’ga o‘tishi kerak!
O‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni (72,6 kg gacha) qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin milliy federatsiya IBA’dan chiqib, raqibi World Boxing’ga o‘tishini xohlayotganini aytdi.
“O‘z navbatida, biz federatsiyani World Boxing’ga qo‘shilishga ishontirishga va ushbu qarorimizda yakdil turishga harakat qilyapmiz. Biz buni qilishga urinib ko‘ramiz va rahbariyatni bu qarorga undashda davom etamiz. Ammo qaror Qozog‘iston boks federatsiyasida qoladi, bu uning erkin tanlovi. Uning qarori”, - deya Golovkinning so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi.
Eslatib o‘tamiz, jahon havaskor boksidagi bo‘linish tashqi siyosiy vaziyat fonida yuz berdi. Kelib chiqishi AQSh va Buyuk Britaniya bo‘lgan World Boxing muqobil tashkiloti 2023 yilda tuzilgan. Shundan so‘ng, ba’zi milliy federatsiyalar IBA’dan chiqishlarini e’lon qilishdi.
Fikrlar