
"Grand Swiss 2025" xalqaro turniriga start berildi
Bugun Samarqand shahrida umumiy mukofot jamg‘armasi 855 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi nufuzli shaxmat musobaqasi boshlandi.
Musobaqaning ochilish marosimida viloyat hokimi hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullaev so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Turnirda jahon reytingida yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan 39 ta mamlakatdan 172 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda.
Ma’lumot uchun, musobaqa 15 sentyabrga qadar davom etadi.
Fikrlar