Grilish "Manchester Siti"dan oddiy jamoaga o'tadi

  • 27.08.2026 08:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘tgan mavsumda Jek Grilish «Everton» tarkibida ijara asosida o‘ynagan va yozda Manchesterga qaytgan edi.

«Sanderlend» klubi «Manchester Siti»ga ingliz yarim himoyachisi Jek Grilishni ijaraga olish bo‘yicha rasmiy taklif yo‘lladi. Ehtimoliy kelishuv shartlariga ko‘ra, manchesterliklar 30 yoshli futbolchining maoshining ma’lum qismini o‘z zimmasiga olishi kutilmoqda. Shuningdek, shartnomaga Grilishni «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi tugamasidan oldin to‘liq sotib olish imkonini beruvchi band kiritilishi rejalashtirilgan.

Grilish o‘tgan mavsumni «Everton» safida ijarada o‘tkazgan. Yanvar oyida futbolchi oyog‘ining tag qismidagi suyakni sinidirib olgan va shu sababli mavsumni muddatidan oldin yakunlagan. Jarohat olgunga qadar u 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Joriy mavsumda esa Grilish halicha yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega emas. U «Manchester Siti»ning har ikki rasmiy uchrashuvida — Angliya Superkubogi doirasidagi «Arsenal»ga qarshi bahsda va APLning birinchi turidagi «Bornmut»ga qarshi o‘yinda — ikkinchi bo‘limda zahiradan maydonga tushirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!