
Grilish "Manchester Siti"ga kelsa, jamoa etakchilaridan biri klubni tark etadi
"Manchester Siti" Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jek Grilishning transferi bo‘yicha "Aston Villa" bilan kelishuvga erishdi.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga qaraganda, angliyalik futbolchi "Siti"ga o‘tgach, Bernardu Silva “shaharliklar” safini tark etishi mumkin. Bundan tashqari hujumchi Raxim Sterlingning ham kelajagi so‘roq ostida qolmoqda.
Avvalroq “Aston Villa” rahbariyati “Manchester Siti”ning 100 million funtlik taklifini qabul qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Bernarduga esa "Barselona"dan qiziqish bo‘lmoqda. Biroq kataloniyaliklar ushbu transferni faqatgina futbolchi almashtirish hisobiga amaga oshirishi mumkin.
Grilish o‘tgan mavsum APLda 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar