Grizmann 15 fevraldan buyon ilk bor La Ligada gol urdi

  • 6 iyul, 2020, 02:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” forvardi Antuan Grizmann bugun bo‘lib o‘tayotgan “Vilyarreal”ga (3:1) qarshi o‘yinda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Tecno

Qizig‘i shundaki, frantsiyalik futbolchi shu tariqa La Ligada 5 oydan buyon davom etib kelayotgan golsiz seriyasiga barham berdi.

U so‘nggi bor 15 fevral kuni “Xetafe”ga qarshi o‘yinda gol urgan edi. E’tiborlisi, o‘shanda ham Grizmanning goliga xuddi bugungidek Lionel Messi assistentlik qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!