Grizmann: “Atletiko” bu mavsum trebl qo‘lga kiritishni maqsad qilgan"

  • 20.11.2025 16:21
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Antuan Grizmann "matraschilar" oldida bu mavsum yakuni bo‘yicha trebl — La Liga, Ispaniya Kubogi va Evropa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish maqsadida ekanini aytdi.

"Maqsad? La Liga, Chempionlar Ligasi va Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritish. Hali qilinadigan ishlar ko‘p va men muxlislar hamda jamoadoshlarimni xursand qilishda davom etmoqchiman", — deydi Grizmann.

Ma’lumot uchun, Diego Simeone shogirdlari hozirgi paytda La Liga turnir jadvalida etakchi "Real"dan 6 ochko orqada qolib, 4-o‘rinni egallab turibdi. Chempionlar Ligasi umumiy guruh bosqichi jadvalida esa klub 6 ochko to‘plab, 17-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!