Grizmann: "Barselona"dagi ishlarim yomon emas

  • 25.09.2019 16:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmann o‘zining “Barselona” safidagi ilk o‘yinlari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bu erdagi futbol “Atletiko”nikidan farq qiladi. Men boshqa pozitsiyada o‘ynayapman. Bu erda meni nimalar kutayotganini bilardim, shu bois har bir o‘yinga yanada kuch qo‘shishga harakat qilaman. Mening ishlarim yomon emas, hozircha 3 ta gol urdim. Men jamoa bilan ishlayapman, agar gol ursam yoki assistentlik qilsam bu yanada yaxshi”, - deydi frantsiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Grizmann joriy mavsum “Barselona”da jami 7ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!