Grizmannga MYu va “Siti”dan jiddiy taklif oldi. Hujumchi “Barsa”dan ketadimi?

  • 2 iyul, 2020, 20:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” asosiy tarkibiga kira olmayotgan Antuan Grizmann Manchesterning ikki klubidan jiddiy chorlov oldi.

Shunga qaramay, kataloniyaliklar yozda mohir to‘purarni qo‘yib yubormasligini ma’lum qildi.

Grizmanning o‘zi ham “Barselona”dan ketishga shoshilmayapti. U agentining klub rahbariyati bilan muzokarasi natijasini kutmoqda. Garchi jamoa bosh murabbiyi Kike Saten frantsiyalik hujumchiga etarli darajada vaqt bermayotgan bo‘lsa-da, jamoada vaziyat o‘zgarib qolishi mumkin. Chunki musobaqa jadvalida peshqadamlikni “Real”ga topshirib qo‘ygan “Barsa”chempionlikni qo‘ldan chiqarsa, Seten ishdan ketishi haqiqatga yaqin bo‘lib turibdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!