Grizmann Neymarning "Barsa"ga qaytishidan qo‘rqmaydi
"Barselona" forvardi Antuan Grizmann PSJ hujumchisi Neymarning jamoaga qaytishidan qo‘rqmaydi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga qaraganda frantsiyalik futbolchi braziliyalik yulduz jamoaga qaytgani bilan "Kamp Nou"dagi o‘rnini yo‘qotmasligiga ishonadi. Aksincha, Grizmann Neymar qaytsa, "Barselona"ni kuchaytirishiga va sovrin yutishga yordam beradi deb hisoblaydi.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli Grizmann “Barselona” safiga o‘tgan yoz “Atletiko”dan ko‘chib o‘tdi va joriy mavsum 24 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar