Grizmann o‘rnini undan zo‘ri egallaydi

  • 4 avgust, 2024, 16:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletiko” klubi jamoaning 33 yoshli hujumchisi Antuan Grizmanning o‘rnini bosa oladigan forvard qidirayotgan edi.

Tecno

Madridliklarga “Manchester Siti” vakili Xulian Alvaresning nomzodi ma’qul keldi. Diego Simeone boshchiligidagi murabbiylar shtabi argentinalik futbolchi uzoq yillar davomida hujum chizig‘i etakchisi vazifasini bajarishi mumkinligiga ishonmoqda.

 Argentinalik hujumchi yaqinda muhim uchrashuvlarda asosiy rollarda o‘ynash orzusi borligini aytgandi. Xosep Gvardiola jamoasida bu vazifani Erling Xoland bajarib kelmoqda.

“Atletiko” jahon chempionini olish uchun katta xarajat qilishiga to‘g‘ri keladi. Xulianning manchesterliklar bilan hamkorligi yana to‘rt yil davom etishi belgilangan. Transfermarkt portali 24 yoshli forvardni 90 million evroga baholamoqda.

Ikki yildan beri “shaharliklar” sharafini himoya qilayotgan “River Pleyt” tarbiyalanuvchisi bu klubida jami 103 ta uchrashuvda qatnashib, 36 ta gol va 18 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!