Grizmann qiynalib qoldi
“Atletiko” rahbari Enrike Sereso “Barselona”ga o‘tib ketgan jamoasining sobiq hujumchisi Antuan Grizmann haqida gapirdi.
- U bilan aloqalarimiz do‘stona edi. U yaxshi futbolchi. Lekin hammada yuksalish va pasayish bo‘ladi. Hozir Grizmann “Barsa”da qiynalyapti. U o‘z darajasiga qaytishiga va o‘zini ko‘rsatishiga umid qilamiz, - dedi Enrike Sereso.
120 million evro evaziga “Barselona”ga o‘tgan 29 yoshli frantsiyalik hujumchi yangi jamoasida o‘zini ko‘rsata olmayapti. Grizmann primerada 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi xolos.



Fikrlar