Grizmann va Neymar "Barselona"ga o‘tishni xohlamoqda

  • 2 iyun, 2019, 16:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" Madrid forvardi Antuan Grizmann va PSJ forvardi Neymar joriy yozgi transferlar davrida "Barselona"ga ko‘chib o‘tishmoqchi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaning yozishicha, ular afsonaviy Lionel Messi bilan birga to‘p surishni xohlashmoqda. Qayd etish lozimki, Neymar kataloniyaliklar safida boshqa jamoaga o‘tishi tobora oydinlashib borayotgan hamyurti Filippe Koutinoning o‘rnini egallashi mumkin. Biroq, Grizmann haqida bunday deya olmaymiz. Boisi, u aynan Messining pozitsiyasida o‘ynaydigan futbolchi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq PSJ yaqin haftalar ichida Neymar bilan shartnomani uzaytirishi borasida xabarlar tarqalgan edi. Grizmann esa aksincha madridliklar safidan ketishi e’lon qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!