Grizmanning agenti uning xizmatlarini "Manchester Siti"ga taklif qilgan
"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann mavsumlar oralig‘ida jamoani tark etishi mumkin edi.
RAC1 muxbiri Jerar Romeroning so‘zlariga ko‘ra, frantsiyalik futbolchining agenti mijozining xizmatlarini "Manchester Siti"ga taklif qilgan. Ular Messi va “Barsa” o‘rtasidagi mojarodan oldin o‘zaro bog‘langan.
Grizmann o‘tgan mavsum “ko‘k-anor ranglilar” safida 48 ta o‘yinda maydonga tushdi va 15 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar