Gvardiola APLdagi chempionlik uchun kurash haqida fikr bildirdi

  • 24 oktabr, 17:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 8-turidan so‘ng Mikel Arteta boshchiligidagi "Arsenal" 19 ochko jamg‘argan holda, etakchilik qilmoqda. "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola esa chempionlik uchun kurash haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Ikki yoki uchta uchrashuvdan keyin "Manchester Siti" chempionlik uchun kurashdan chiqib ketdi, deb o‘ylashgandi. Endi esa "Liverpul" chiqib ketdi, deyishyapti. Lekin men ayta olaman – ular yana qaytishadi.

Mutaxassislar, ekspertlar, sobiq futbolchilar – ular beshta o‘yindan keyin nima bo‘lishini biladi, deb o‘ylashadi. Men esa bunday qila olmayman. Har doim 10–15 ta o‘yin o‘tgandan keyingina haqiqiy vaziyatni anglayman.

Ammo o‘ylaymanki, shubhasiz, "Liverpul" ham, "Arsenal" ham chempionlik uchun kurashda bo‘lishadi. Yana boshqalar ham qo‘shilishi mumkin. Umid qilamanki, biz ham ular orasida bo‘lamiz", – dedi ispaniyalik mutaxassis "Aston Villa"ga qarshi uchrashuvdan avvalgi matbuot anjumanida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!