Gvardiola ashaddiy raqibdan oʻyinchi oladigan boʻldi

  • 22.04.2026 08:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” rahbariyati “Liverpul”dan Kёrtis Jonsni olishni rejalashtirmoqda.

25 yoshli yarim himoyachining “Enfild” egalari bilan shartnomasi tugash arafasida. Muddat 12 oy qolgan va unga yangi bitim berilgani yo‘q.

Bu futbolchini Pep Gvardiola jamoasining yarim himoyasini kuchaytirish uchun qimmatli variant sifatida ko‘rmoqda. Xabarlarga ko‘ra, “shaharliklar” rahbariyati “Liverpul” akademiyasining eng yorqin tarbiyalanuvchilaridan biri bo‘lgan o‘yinchini yozda transfer qilish ustida ish boshlagan.

Ta’kidlash joizki, har ikki klubning o‘zaro raqobati tufayli “Manchester Siti” va “Liverpul” o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bitimlar tarixan kam uchraydi.

Biroq mersisayd klubining ayrim asosiy o‘yinchilari shartnomalari bo‘yicha noaniqlik boshqa klublar uchun imkoniyat oynasini ochdi.

Anfield Watch ma’lumotiga ko‘ra, “Manchester Siti” Premer-liganing bir nechta yetakchi klublari qatorida shartnomasi yozda tugaydigan va shu sababli jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Kёrtis Jonsni sotib olishga qiziqyapti.

Kёrtis Arne Slot qo‘l ostida bu mavsumda yuqori divizionda 28 ta o‘yinda yaxshi natijalar ko‘rsatganiga qaramay, asosiy tarkibda mustahkam o‘rin egallashi qiyin bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!