Gvardiola “Aston Villa”dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi
APLning 9-turida “Manchester Siti” mehmonda “Aston Villa”ga 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan so‘ng “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘yin haqida fikr bildirdi.
“Bugun biz yomon o‘ynamadik. Aslida jamoamiz juda kuchli va yaxshi o‘yin ko‘rsatdi.Faqat hujumlarni yakunlashda xatolar bo‘ldi. Oxirgi pas, zarba yoki uzatmada aniqlik etishmadi. O‘yinning dastlabki 15–20 daqiqasida biz ustunlik qildik, ammo keyinchalik raqib oldingi chiziqda kuchliroq harakat qildi.
Ular yakkama-yakka kurashlarda va raqib son jihatdan ko‘p bo‘lgan vaziyatlarda bizdan ustun bo‘lishdi. Biz esa to‘p uchun kurashlarda yanada qat’iyroq bo‘lishimiz kerak edi.
Shuningdek, “Aston Villa” standart vaziyatlarda ham juda xavfli o‘ynadi. Umuman olganda, jamoamiz yomon o‘ynamadi, ayniqsa ikkinchi bo‘limda ancha yaxshi harakat qildik. Faqat bitta narsa gol ura olmadik”, — dedi ispaniyalik mutaxassis.



Fikrlar