
Gvardiola “Barsa” ustidan kuldi
“Barselona” rahbariyati Xosep Gvardiola qo‘l ostida to‘p tepayotgan hujumkor futbolchi Bernardu Silvani sotib olmoqchi. Kataloniyaliklar hozir pleymeyker Frenki de Yongni Angliya premer-ligasi vakillari, xususan, “Manchester Yunayted”ga transfer qilish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Agar niderlandiyalik yarim himoyachi klubdan ketadigan bo‘lsa, “Barsa” portugaliyalik o‘yinchini ko‘chirib kelmoqchi.
“Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola moliyaviy inqirozdan chiqa olmayotgan sobiq jamoasining bu harakatlariga kulgi bilan munosabat bildirdi.
- Hozir ular uchun Bernarduni olishni orzu qilish ham qiyin, - dedi Xosep Gvardiola.
Fikrlar