Gvardiola “Barselona” so‘ragan yulduzni beradigan bo‘ldi

  • 6 mart, 2023, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti hujumkor futbolchisi Bernardu Silva faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Tecno

“Shaharliklar” portugaliyalik yulduzni 65 million evro evaziga “Barselona”ga jo‘natishga tayyor. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatdi.

Kataloniyaliklar anchadan beri Bernarduni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilayotgan edi. O‘tgan yoz ular Frenki de Yongni “Manchester Yunayted”ga transfer qilib, o‘rniga Bernardu Silvani olib kelmoqchi edi.

Lekin o‘shanda “shaharliklar” 70 million evrolik taklifni qabul qilmagan edi. Bernardu Silvaning o‘zi esa, Manchesterdan tezroq ketish ilinjida yuribdi. Buni inobatga olgan rahbariyat futbolchini qo‘yib yuborishga tayyyor ekanini bildirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!