
Gvardiola: "Grilish kam o‘ynayotganiga sabab — men"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumchi Jek Grilishning o‘yin amaliyoti kamayganiga munosabat bildirdi.
"Grilish nega kam o‘ynayapti, degan savolga javob juda oddiy — bu mening qarorim. U ajoyib futbolchi, lekin jamoada raqobat katta. O‘tgan mavsumda Jeremi Doku ko‘plab o‘yinlarda ajoyib o‘yin namoyish etdi, Savio esa bir mavsum ichida juda katta o‘sishga erishdi" — dedi Gvardiola "ESPN" nashriga.
Shu bilan birga, murabbiy Grilishning salohiyatiga shubha qilmasligini ta’kidladi va uning hissasisiz "shaharliklar' trebl yuta olmasligini qayd etdi.
2024/25 yilgi mavsumda Jek Grilish barcha turnirlarda 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta assist qayd etgan.
Fikrlar