
Gvardiola jamoa uchun o‘yindagi qiyin vaziyat nimada ekanligini aytdi
Xosep Gvardiola "Manchester Siti"ning "Everton"ga qarshi o‘yinini yaxshi baholadi.
- Biz juda yaxshi o‘ynadik. Biroq, hozir jamoamiz shunday davrni boshdan kechiryaptiki, unda quyidagi holat kuzatilmoqda: biz imkoniyatlar yaratamiz, lekin raqib darvozamizga birinchi marta yaqinlashishi bilanoq gol o‘tkazib yuboramiz. Shu sababli yaxshilanishni davom ettiramiz.
Bu bizning tomonimizdan raqibga qarshi ham hujum, ham himoya nuqtai nazaridan juda yaxshi o‘yin bo‘ldi. Biz jarima maydonidan tashqarida ko‘p marta zarbalar berdik, biroq, istagan natijaga erisha olmadik.
Hozir tiklanib, keyingi o‘yinni eng yaxshi kayfiyatda o‘tkazishimiz kerak. Mana shu bizning qilishimiz kerak bo‘lgan narsa, - dedi "shaharliklar" bosh murabbiyi.
Ma’lumot uchun, "Manchester Siti" 17-tur doirasida "Everton" bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. "Shaharliklar" barcha musobaqalardagi so‘nggi 13 ta o‘yinning faqat bittasida g‘alaba qozongan.
Fikrlar